Viloyat hokimi kasb o‘rganayotgan yoshlarning qiziqishlariga e’tibor qaratdi
Urganch shahridagi ilg‘or kasbiy mahorat texnikumida Xorazm viloyat hokimi Jo‘rabek Rahimov viloyatdagi texnikumlarda ta’lim olayotgan yoshlar bilan uchrashdi.
O‘quvchi yoshlar ochiq va samimiy muloqot davomida o‘zlarining kasbiy mahoratlarini oshirish, amaliyot jarayonlarini yirik korxona va tashkilotlarda tashkil qilish, raqamli texnologiyalar sohasidagi ishlanmalari va innovatsion g‘oyalarini targ‘ib etish bo‘yicha qator takliflarni bildirdi.

Uchrashuvda ilgari surilgan tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanib, amalga oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.


Ahmadjon Shokirov, O‘zA muxbiri