96 yoshli sobiq prezident Baydenni qutladi
1977-1981 yillar davomida AQSH prezidenti bo‘lgan Jimmi Karter Jo Baydenga saylovda g‘alaba qozongani munosabati bilan tabrik yo‘lladi.
1977-1981 yillar davomida AQSH prezidenti bo‘lgan Jimmi Karter Jo Baydenga saylovda g‘alaba qozongani munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Bu haqda ijtimoiy tarmoq orqali Karter markazi sahifasida xabar berilgan.
"Rozalin (sobiq prezidentning rafiqasi – tahririyat) ham men va umumiy do‘stlarimiz fikriga qo‘shiladi, saylangna prezident Jo Bayden va saylangan vitse-prezident Kamala Xarrisni muborakbod etamiz. Biz muvaffaqiyatli o‘tkazilgan kampaniya bilan faxrlanamiz, ular mamlakatimizga ijobiy o‘zgarishlarni taqdim etishadi, deb umid umid qilamiz", - deyilgan bayonotda.
AQSH Jorjiya shtati Pleyns shahrida 1924 yil 1 oktyabrda tavallud topgan Jeyms Erl (Jimmi) Karter mamlakat tarixida eng uzoq umr ko‘rgan prezident hisoblanadi. U ham xuddi Bayden kabi demokratlar oilasidan. 2002 yilda tinchlik uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan.