Poytaxtimizning Shayxontohur tumanida joylashgan 358-saylov uchastkasida ham saylov jarayonlari qizg‘in davom etmoqda. E’tiborli jihati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida piru badavlat nuroniylarimiz saylov uchastkasiga kelgan holda ushbu muhim siyosiy jarayonda ishtirok etmoqda.

94 yoshli Anna Dernyayeva ana shunday saylovchilardan biri. Onaxon bugun mazkur saylov uchastkasiga kelib, o‘zi tanlagan nomzodga ovoz berdi.

– Bugun o‘zim tanlagan nomzodga ovoz berish uchun o‘z oyoqlarim bilan yurib kelganimdan juda xursandman, - dedi A.Dernyayeva. – O‘zim, farzandlarim, nabiralarim, yurtimizning kelajagi uchun munosib nomzodni tanladim. O‘zbekistonga 8 yoshimda ko‘chib kelganman. Shuncha vaqtdan buyon qo‘shnilarim bilan ahil-inoq yashab kelyapman. O‘zbek xalqining mehnatsevarligi, mehmondo‘stligi va odamlarning mehribonligini juda qadrlayman. Men ovoz bergan nomzod ham barcha millat vakillarini teng ko‘rib, birlashtira oladigan, xalq manfaatini ustun bilib, adolatli siyosat olib boradigan rahbar bo‘lishiga ishonaman.

Saylov uchastkasi komissiyasi raisi keksa yoshli onaxonga saylov jarayonlarida ishtirok etganligi uchun esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Saylov jarayonlari davom etmoqda.

Fayzullo Yahyoyev, O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
94 yoshli onaxon saylov uchastkasiga kelib ovoz berdi