9 noyabr – Ozarbayjon Davlat bayrog‘i kuni
Bugun Ozarbayjon Davlat bayrog‘i kuni munosabati bilan ushbu mamlakat poytaxti – Boku shahrida turli tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.
1918 yil 9 noyabrda Ozarbayjon Demokratik Respublikasi hukumati yig‘ilishida ta’sis etilgan davlat bayrog‘idagi uch xil rang XX asr boshlaridagi milliy mafkuraning uch asosiy tamoyili – turkiy, islomiy va zamonaviy xususiyatni ifodalaydi. Mazkur g‘oya muallifi atoqli ozarbayjon mutafakkiri Ali bey Husaynzoda hisoblanadi.
Ushbu sana munosabati bilan Respublika Birinchi vitse-prezidenti Mehribon Aliyeva ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga quyidagi izhorni joylashtirgan:
– Vatanimiz, bayrog‘imiz va xalqimiz doimo qalblarimizni faxr-iftixorga to‘ldirsin!