9 iyun – Xalqaro arxivlar kuni
“O‘zarxiv” agentligi va SHHTning Xalq diplomatiyasi markazi hamkorligida 9 iyun – Xalqaro arxivlar kuni munosabati bilan onlayn tarzda davra suhbati tashkil etildi. Unda mamlakatimiz hamda xorijiy davlatlar soha vakillari qatnashdi. Ishtirokchi davlatlar arxiv idoralari rahbarlarining ma’ruzalari tinglandi.
Arxiv sohasidagi yutuqlar, muammolar va yechimlariga doir qiziqarli ma’lumotlar taqdim etildi. Shuningdek, tadbir doirasida kelgusidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha fikr mulohazalar bildirildi. SHHT davlatlari bilan madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish, arxiv idoralari o‘rtasida do‘stona hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan takliflar berildi. Bundan tashqari, hamkorlik davomida festivallar, arxiv hujjatlarining ko‘rgazmalarini tashkil etish, qo‘shma nashrlar, kataloglar tayyorlash masalalari muhokama etildi.


Gulnoza Boboyeva, O‘zA