84 tonna zararlangan mahsulot to‘xtatib qolindi (+video)
Sirdaryo viloyatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini noqonuniy ravishda respublikaga olib kirishga bo‘lgan navbatdagi urinish fosh etildi.
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi chegara maskani inspektorlari tomonidan 7 ta yuk avtotransport vositasi tekshiruvdan o‘tkazilganda hujjatlarda ko‘rsatilmagan 84 tonna meva borligi aniqlandi.
Sirdaryo chegara posti orqali kirib kelgan yuk mashinalarida fitosanitar sertifikat, import karantin ruxsatnomasi o‘rganilib, karantin ko‘rigidan o‘tkazishga qaror qilindi.
O‘rganish davomida yuk mashinalarining old tomonida fitosanitar sertifikatda ko‘rsatilgan mevalar, orqa tomonida esa O‘zbekistonga import qilinishi taqiqlangan mahsulotlar yashirincha olib o‘tilayotganligi aniqlandi.
- Xorijiy davlatlardan O‘zbekiston respublikasiga karantin osti mahsulotlar importi belgilangan tartibda nazorati olib borilmoqda, - deydi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi bosh mutaxassisi Baxtiyor Shorahmedov. – karantin osti mahsulotlarning hujjatlari inspektorda shubha uyg‘otganidan so‘ng bojxona xizmati xodimlari bilan birgalikda nazoratdan o‘tkazildi. Natijada hujjatlarda ko‘rsatilmagan mahsulot borligi aniqlandi. Holat yuzasidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Import bo‘lgan mahsulotda “qizil pomeranets qalqondori” aniqlangan. Ushbu zararkunanda asosan sitrus mevalarga zarar yetkazadi. Ko‘pgina davlatlarda mazkur hasharot karantin ahamiyatga ega organizm hisoblanadi. Agarda ushbu zararkunanda O‘zbekiston hududiga olib kiriladigan va tarqaladigan bo‘lsa kelgusida mahalliy sitruslar uchun xorijiy bozorlarning yopilishiga olib kelishi mumkin edi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/33s7U3JrO-s" title="84 tonna zararlangan mahsulot to‘xtatib qolindi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>SanjarToshpo‘latov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA