Tennischilarimiz g‘alabasi
Turkiyaning Antaliya shahrida davom etayotgan ITF turkumiga kiruvchi xalqaro turnirning birinchi davrasida hamyurtlarimiz Arina Fols va Sanjar Fayziyev g‘alaba qozondi.
Turkiyaning Antaliya shahrida davom etayotgan ITF turkumiga kiruvchi xalqaro turnirning birinchi davrasida hamyurtlarimiz Arina Fols va Sanjar Fayziyev g‘alaba qozondi.Qizlar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida Arina Fols shvetsiyalik Fanni Ostlundga qarshi kortga chiqib, 6:3, 6:2 hisobida zafar quchdi. Tennischimizning navbatdagi raqibasi bolgariyalik Diya Evtimova bo‘ladi.
A.Fols juftlik bahsida ukrainalik Diana Bogaliy bilan birgalikda rossiyalik Sofiya Dmitreva hamda beloruslik Anastasiya Shlepsovani 3:6, 6:1, 10:7 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. A.Fols va D.Bogaliy chorak finalda belgiyalik tennischilar Jaston De Sutter va Elke Lemmens juftligi bilan bahslashadi.
Sanjar Fayziyev birinchi davrada ispaniyalik Xose Cheka-Kalvoni 2:6, 6:1, 6:0 hisobida yengdi. S.Fayziyev ikkinchi davrada yana bir ispan tennischisi Mario Martinez bilan kuch sinashadi.