562 nafar yosh bokschining 52 nafari yarim finalda
Xabar berganimizdek, ayni kunlarda Buxoroda boks bo‘yicha 2004-2005 yillarda tug‘ilganlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati bahslari davom etmoqda.
Joriy yilning 10 oktyabr kuni boshlangan murosasiz janglar natijasida 362 ta yosh bokschi orasida saralangan 52 nafar iste’dodli charm qo‘lqop ustasi 13 ta vaznning sovrinli o‘rinlari uchun yarim final musobaqasida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.
Chempionat davomida Sirdaryo, Surxondaryo, Jizzax kabi bir qator viloyatlar terma jamoalarining vakillari medallar uchun kurashni chorak finalda to‘xtatishdi.
O‘zbekiston chempionatining13 ta vazndagi g‘olib va sovrindorlari nomi 17 oktyabrga qadar ma’lum bo‘ladi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA