56-Xalqaro fizika olimpiadasi: Tarixiy natija qayd etildi
O‘zbekiston terma jamoasi 56-Xalqaro fizika olimpiadasida (IPhO 2026) munosib ishtirok etib, tarixda ilk bor 2 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi!
Joriy yilning 4–12-iyul kunlari Kolumbiyada bo‘lib o‘tgan nufuzli xalqaro olimpiadada yurtimiz sharafini himoya qilgan yosh fiziklar quyidagi natijalarni qayd etdi:
Asilbek Jumanazarov - “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi – kumush medal;
Muhammad Abdumalikov - Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi - kumush medal;
Elbek O‘roqov - “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi - bronza medal;
Hasan Kamolov - Qo‘qon shahar 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi – bronza medal;
Javohir Aknazarov - Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi - rag‘batlantiruvchi mukofot.
Terma jamoamiz a’zolari ushbu olimpiadada ilk kumush medalini qo‘lga kiritib, o‘z ishtiroki tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi.
Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO) bu nafaqat murakkab nazariy va eksperimental masalalarni yechish, balki xalqaro miqyosda bilim va tajriba almashish imkoniyatidir.
N.Usmonova, O‘zA