55 ming nafar tarbiyachining malakasi oshiriladi
Qozogʻiston Prezidenti Nursulton Nazarboyev hukumatga uch yil ichida mamlakatdagi bolalar bogʻchalarining 55 ming nafar tarbiyachisini malakasini oshirishni topshirdi.
Qozogʻiston Prezidenti Nursulton Nazarboyev hukumatga uch yil ichida mamlakatdagi bolalar bogʻchalarining 55 ming nafar tarbiyachisini malakasini oshirishni topshirdi.
Davlat rahbari matbuot xizmati bu haqda maʼlumot berib, taʼlim tizimini zamon talablariga moslashga bagʻishlangan yigʻilishda Nazarboyev, shuningdek, 2021 yilda oʻrta taʼlimni ham yangi darajaga olib chiqish vazifasini qoʻydi.
Avvalroq mamlakat fan va taʼlim vazirligi bolalar bogʻchasi tarbiyachilari malakasini oshirish uchun Milliy test sinovlari joriy qilinishi, sinovdan oʻtganlarga 30 foizdan 50 foizgacha yuqori oylik maosh belgilanishini maʼlum qilgandi.