50 kunlik urushda 50 milliard dollarlik neft yo‘qotildi
“Kpler” tahlil firmasi ma’lumotiga ko‘ra, fevral oyi oxiridan beri global bozordan 500 million barreldan ortiq neft olib chiqildi. Bu zamonaviy tarixdagi eng yirik energiya ta’minoti uzilishidir.
– Mazkur salbiy holat 10 hafta davomida global havo qatnoviga talabni kamaytirdi, – deydi korxona bosh tahlilchisi. 11 kun mobaynida global sayohat to‘liq cheklanib, global iqtisodiyot besh kunlik neft yetkazib berilmasligi darajasida zarar ko‘rdi.
“Reuters” hisobiga ko‘ra, ayni hajm neftga nisbatan AQSH va Yevropadagi bir oylik talabni qondirish uchun yetarli. Bu miqdor butun xalqaro yuk tashish sanoatini taxminan to‘rt oy davomida ta’minlaydi. Faqat mart oyining o‘zida Fors ko‘rfazi mamlakatlari ishlab chiqarishda kuniga taxminan 8 million barrel, boshqacha aytganda “ExxonMobil” va “Chevron” kabi yirik neft kompaniyalari jami ishlab chiqarish hajmiga teng neftni yo‘qotdi.
Saudiya Arabistoni, Qatar, BAA, Quvayt, Bahrayn va O‘mondan reaktiv yonilg‘i eksporti fevral oyidagi 19,6 million barreldan mart va aprel oylarida 4,1 million barrelga tushdi. Eksportdagi mazkur yo‘qotish Nyu-Yorkning Kennedi aeroporti va Londonning Xitrou aeroporti orasida taxminan 20 000 ikki tomonlama reysni qo‘llab-quvvatlash uchun yetarli. Agentlik xulosasiga ko‘ra, bunday keng ko‘lamli inqirozdan to‘liq tiklanish uchun yillar kerak bo‘lishi mumkin.
S.Rahimov, O‘zA