35 yil ichida O‘zbekiston investorlar uchun jozibador mamlakatga aylandi (+video)
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar, sanoatni modernizatsiya qilish va xorijiy kapital uchun ochiqlik bo‘yicha keng ko‘lamli dasturlar amalga oshirilib, Markaziy Osiyoning eng jadal rivojlanayotgan bozorlaridan biri sifatida o‘zini namoyon etmoqda.
#Mustaqillikning 35 yilligi
2017-yildan boshlab O‘zbekistonda qulay investitsiyaviy muhitni yaratish bo‘yicha tub islohotlar amalga oshirildi. Xususiy mulk egalari, shu jumladan investorlar huquqlari kafolatlari yangilandi, ular hatto O‘zbekiston Bosh qomusida ham yanada mustahkamlandi. Shuningdek, o‘tgan yillarda xorijiy sarmoyalarni rag‘batlantirishga oid davlatimiz rahbarining qator qaror va farmonlari, O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining tegishli hujjatlari qabul qilindi.
Natija ham uzoq kuttirgani yo‘q. Bugun O‘zbekistonning qaysi go‘shasiga bormang, yangi investitsiyaviy loyihalar va qo‘shma korxonalarga duch kelasiz. Ular yurt ravnaqi, aholi farovonligini ta’minlashga, yangi ish o‘rinlari yaratishga va ijtimoiy ob’ektlar qurilishiga xizmat qilmoqda.
<iframe width="1337" height="752" src="https://www.youtube.com/embed/bD_GUT1GJuQ" title="35 yil ichida O‘zbekiston investorlar uchun jozibador mamlakatga aylandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
Muhayyo Turdaliyeva, Nishonboy Abduvoitov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA