3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, sayyoramiz aholisining 15 foizi (bir milliarddan ortiqroq inson) nogirolikning u yoki bu turidan aziyat chekadi.
60 yoshdan oshganlarning 46 foizini nogironlar tashkil qiladi.
Yer yuzidagi nogironligi bor insonlarning 10 foizi esa bolalardir.
Dunyoda bunday insonlarning 80 foizdan ortiqrog‘i rivojlanayotgan mamlakatlarda yashaydi.
Dunyo miqyosida ularning hayot tarzini yaxshilashga e’tibor qaratish maqsadida BMT tomonidan 1983–1992 yillar Xalqaro nogironlar o‘n yilligi deb belgilangan edi.
Mazkur o‘n yillik yakunida (1992 yilning 14 oktyabr kuni) BMT Bosh Assambleyasining 37-yalpi majlisida qabul qilingan rezolyutsiyaga muvofiq, 3 dekabr Xalqaro nogironlar kuni deb e’lon qilingan.