22-oktabr: kunning muhim yangiliklari qisqa xabarlarda
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zAda e’lon qilingan muhim va dolzarb xabarlarning qisqacha tafsiloti haqida lavha.
•Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
•O‘zbekiston Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva global sog‘liqni saqlashga qo‘shgan hissasi uchun nufuzli mukofotga sazovor bo‘ldi.
•22-oktabr holatiga ko‘ra, mamlakatimizda 4 million 630 ming tonna paxta hosili yig‘ib olindi. Terim rejasi 103 foizga bajarildi.
•Buxoro shahrida sintetik giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan yashirin narkolaboratoriya fosh etildi.
Ziyovuddin Nuriddinov,
Yoqubjon Meliboyev, O‘zA