21 nafar fuqaroga subsidiya ajratildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» Farmoni asosida joriy etilgan bozor tamoyillariga asoslangan Ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashning yangi tartibi doirasida uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni aniqlash bo‘yicha arizalar tuman komissiya a’zolari tomonidan muntazam o‘rganib chiqilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga asosan, Yakkasaroy tumanida subsidiya to‘lanadigan talabgorlarni tanlab olish bo‘yicha navbatdagi Komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Sherzod Taslimov va komissiya a’zolari va subsidiya oluvchi fuqarolar ishtirok etdilar.
Unda jami 35 ta ariza ko‘rib chiqilib, 21 nafar fuqaroga subsidiya ajratildi, 10 nafar fuqaroga hujjatlarida kamchiliklar borligi uchun qayta topshirishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, 4 fuqaro esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga to‘g‘ri kelmaganligi sababli rad etildi.
O‘zA