Andijon viloyati Marhamat tumani adliya bo‘limi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida normativ-huquqiy hujjatlarning ijro etilishi hamda mehnat qonunchiligi talablariga rioya etilishi holati yuzasidan o‘rganish va monitoring ishlari amalga oshirildi.

Monitoring davomida tibbiyot birlashmasi tomonidan joriy yilning sentyabr oyi uchun yillik mehnat ta’tillariga chiqqan 174 nafar xodimga ta’til pullari vaqtida to‘lab berilmaganligi aniqlangan.

Vaholanki, Mehnat kodeksining 148-moddasi 2-qismida ta’til uchun haq to‘lash jamoa shartnomasida belgilangan muddatlarda, lekin ta’til boshlanmasidan oldingi oxirgi ish kunidan kechikmay amalga oshirilishi belgilangan.

Shunga asoslanib, tibbiyot birlashmasi boshlig‘i nomiga qonun buzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan taqdimnoma kiritilib, jami 235 million so‘m miqdoridagi ta’til pullari hisoblanib, to‘lab berildi.

Sardorbek Hamroyev,

Marhamat tuman adliya bo‘limi boshlig‘i

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
174 nafar tibbiyot xodimlarining kechiktirilgan ta’til pullari undirib berildi