17 noyabr – Xalqaro talabalar kuni
Biz bir oilamiz
17 noyabr – Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan Qarshi davlat universitetining Pedagogika institutida «Biz bir oilamiz» shiori ostida ko‘rik-tanlov o‘tkazildi. Tadbirda mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, bilim olishi, kasb-hunar egallashi uchun keng imkoniyatlar yaratib berilayotganligi alohida qayd etildi.

Iste’dodli va iqtidorli talaba-qizlarni aniqlash, ularni ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish, iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish va ularni milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil etilgan tanlovda ishtirokchilar 8 nominatsiya bo‘yicha bahslashdi. "Eng namunali xona", "Eng intizomli talaba", "Eng yaxshi badiiy ijodkor", "Eng yaxshi san’at ustasi", "Eng yaxshi dasturiy mahsulot egasi”, "Eng yaxshi ingliz tili bilimdoni", "Eng yaxshi ilmiy maqola" va "Eng mohir bezak ustasi" nominatsiyalari g‘oliblari faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Tadbir doirasida talabalar uchun bayram dasturxoni yozilib, yosh san’atkorlar ijrosida kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.
Mahmudov A’loxon Ahadjon o‘g‘li,
QarDU Pedagogika instituti talabasi.
O‘zA