Qonunchilik palatasida uchrashuv
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonini kuzatish uchun mamlakatimizga kelgan Pokiston Milliy assambleyasi deputati Gous Bax Xon Maxr bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonini kuzatish uchun mamlakatimizga kelgan Pokiston Milliy assambleyasi deputati Gous Bax Xon Maxr bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi raisi U.Muhammadiyev hamda Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi raisi Yo.Umarov mehmonga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar haqida so‘zlab berdi.
Xususan, mamlakatimiz Konstitutsiyasiga kiritilgan va hokimiyatning uch tarmog‘i o‘rtasida vakolatlarni taqsimlash bilan bog‘liq o‘zgartishlar haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, saylov jarayonini yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish ijtimoiy-siyosiy hamda iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash hamda amalga oshirishda siyosiy partiyalarning rolini qonuniy kuchaytirish imkonini bergani ta’kidlandi.
Gous Bax Xon Maxr saylov okruglarida O‘zbekiston Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, ovoz berish tartibi va prinsiplari demokratik standartlarga to‘la mos kelishini alohida ta’kidladi.
– O‘zbekiston barcha sohalarda ulkan muvaffaqiyatlarga erishmoqda, – dedi Gous Bax Xon Maxr. – Mamlakatingizda tinchlik va barqarorlik hukm surayotgani, davlat suvereniteti mustahkamlanib, keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar yanada chuqurlashayotgani mustaqillik yutuqlaridir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi muqobillik asosida mamlakat Konstitutsiyasi, milliy qonunchilik va xalqaro prinsiplarga muvofiq ravishda o‘tkazilmoqda. Eng yuksak talablarga mos milliy saylov qonunchiligi fuqarolarning xohish-irodasini erkin bildirishini kafolatlaydi.
Uchrashuvda mehmon O‘zbekistonning ikki palatali parlamenti faoliyati bilan ham tanishtirildi.