143 nafar kishining bandligi taʼminlandi
Navoiy shahrida oʻtkazilgan boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasida 143 nafar kishi ish bilan taʼminlandi.
Navoiy shahrida oʻtkazilgan boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasida 143 nafar kishi ish bilan taʼminlandi.
Yarmarka viloyat hokimligi, prokuratura, bandlikka koʻmaklashuvchi markaz hamkorligida tashkil etildi. Unda 200 ga yaqin korxona, tashkilot va muassasa 450 boʻsh ish oʻrni bilan ishtirok etdi. Fuqarolar ish beruvchi tashkilot faoliyati, ish oʻrinlari, oylik maosh, ijtimoiy muhofaza, turli imtiyoz va kafolatlar yuzasidan atroflicha maʼlumot oldi.
Tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida boʻlgan 100 ga yaqin fuqaroga mutaxassislar bank krediti olish tartibi boʻyicha zarur tavsiyalar berdi.




