1,2 milliard sömlik tender qonun buzilgani sabab bekor qilindi
Raqobat qömitasi tomonidan “Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi” AJ ning boşlanğiç narxi 1,2 milliard sömdan ortiq tanlov savdosi bekor qilindi.
Qömitaning Qaşqadaryo viloyat hududiy boşqarmasiga kelib tuşgan murojaat yuzasidan “Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi” AJ örganildi. Uşbu taşkilot buyurtmaçiligida jamiyat hududi va binolariga reklama bannerlar hamda yozuvlar örnatiş işlari uçun boşlanğiç narxi 1,2 milliard sömdan ortiq bölgan tanlov savdosi “Raqobat töğrisida”gi qonun talablariga muvofiqligi yuzasidan nazorat işlari olib borildi.
Örganiş natijasida, “Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi” AJ tomonidan “Raqobat töğrisida”gi qonunning 29-moddasi talablariga rioya qilinmagani, yaʼni savdolarda raqobatni çeklaydigan yoki çeklaşga olib kelişi mumkin bölgan savdolarni ötkazişning qonunçilikda belgilangan tartibini buziş holatlari aniqlandi.
Yuqoridagilarga muvofiq, Raqobat qömitasining Qaşqadaryo viloyati hududiy boşqarmasining qonunçilik talablariga amal qiliş yuzasidan ötkazgan tekşiruv natijasiga köra “Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi” AJ tomonidan ötkazilgan tanlaş savdosi ixtiyoriy ravişda bekor qilindi.
Aniqlangan qonunbuzilişlarning oldi olinişi davlat mablağlarining samarali va şaffof sarflanişini taʼminlaydi, şu bilan birga tadbirkorlar uçun oçiq va adolatli raqobat muhitini şakllantirişga xizmat qiladi.
Nigora Rahmonova,
ÖzA