Mahsulot ishlab chiqarish hajmi ortmoqda
2014-yilda «Master Delekatesov»da 350 kilogrammgacha bo‘lgan xomdudlangan go‘sht mahsulotlarini qisqa fursatda tayyorlash imkoniga ega yangi bo‘lim ishga tushirildi.
Prezidentimiz rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, ularning faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan alohida e’tibor yuksak samaralar bermoqda. Aholining sifatli go‘sht va go‘sht mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini uzluksiz ta’minlashda Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi «Master Delekatesov» mas’uliyati cheklangan jamiyatining ham munosib hissasi bor.O‘n bir yil avval ishga tushirilgan mazkur korxonada ayni paytda kuniga 5 tonna go‘sht qayta ishlanib, bir necha xil kolbasa va go‘sht mahsulotlari tayyorlanmoqda. Mahsulot korxonaning Yangiyo‘l tumani, Chirchiq hamda Olmaliq shaharlarida faoliyat ko‘rsatayotgan do‘konlari va mamlakatimizning boshqa viloyatlaridagi dillerlik bo‘limlari orqali mijozlarga yetkazib berilayotir.
2014-yilda «Master Delekatesov»da 350 kilogrammgacha bo‘lgan xomdudlangan go‘sht mahsulotlarini qisqa fursatda tayyorlash imkoniga ega yangi bo‘lim ishga tushirildi.
– Ilgari xomdudlangan go‘sht mahsulotlari mamlakatimizga chetdan valyuta evaziga olib kelinar edi, – deydi korxona rahbari Otabek Mutalov. – Davlatimiz tomonidan tadbirkorlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyat va sharoitlar natijasida bu turdagi mahsulotlarni ham o‘zimizda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Joriy yilda korxonamiz faoliyatini yanada kengaytirish orqali yangi ish o‘rinlari yaratishni rejalashtirganmiz.