Zuhriddin Qodirov jahon kubogi sovrindori
Bolgariyada yoshlar o‘rtasida qilichbozlik bo‘yicha jahon kubogi start oldi. Sablya yo‘nalishida o‘tayotgan mazkur musobaqada dunyoning 19 dan ortiq davlatidan kelgan sportchilar ishtirok etmoqda.
Quvonarlisi, musobaqaning yakkalik bahslarida hamyurtimiz Zuhriddin Qodirov finalga qadar muvaffaqiyatli ishtirok etib, kumush medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, yana bir qilichbozimiz Sardor Abduqodirov jahon kubogining eng yaxshi 16 nafar sportchisi qatoridan joy oldi
Bugun, 4 fevral kuni qizlar o‘rtasida yakkalik bahslari o‘tkaziladi. Unda Herrera Lara Luiza Fernanda , Nargiza Jaksibayeva, Ayakoz Jumamurotova, Guliston Perdibayeva va Samira Shokirova bosh sovrin uchun bellashadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA