Zavodning birinchi tegirmon bloki ishga tushdi
Navoiy kon-metallurgiya kombinatida investitsiya dasturi doirasida yirik va strategik ahamiyatga ega loyihalar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Ana shunday loyihalardan biri Nurota tumani hududida joylashgan “Pistali” konida oltin tarkibli ma’danlarni qazib olish va qayta ishlash majmuasi – 6-gidrometallurgiya zavodi qurilishini yakunlash va foydalanishga topshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Kombinat Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, 6-gidrometallurgiya zavodining birinchi tegirmon bloki ishga tushirildi. Zavodning texnologik uskunalari va jihozlari Navoiy mashinasozlik zavodida ishlab chiqarilgan.

Zavod to‘liq quvvatda foydalanishga topshirilgach, yiliga 4 million tonna ma’dan qayta ishlanadi va mamlakatimiz iqtisodini rivojlantirishga xizmat qiladi.
A.Bo‘riyev, O‘zA