Zarbdorlik Osiyo chempioni munosib kutib olindi
Tailandda o‘tkazilgan para kanoe bo‘yicha Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritib qit’amiz chempioni bo‘lgan Jizzax viloyati Zarbdor tumanida istiqomat qiluvchi Muhlisa Eshmirzayeva tantanali ravishda kutib olindi.
Tailandning Pattayya shahrida bo‘lib o‘tgan para kanoe bo‘yicha Osiyo chempionatining VL-3 klassida ayollar o‘rtasida jizzaxlik vatandoshimiz Muhlisa Hindiston, Qozog‘iston va eronlik raqibalarini ortda qoldirib, 1:05.912 natija bilan marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tdi va oltin medalga sazovor bo‘lib, qit’a chempioni, degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi.
Muhlisa Eshmirzayevaga qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.
A.Qayumov, O‘zA