Zamonaviy texnologiyalar asosida sut mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda
FOTOREPORTAJ
Buxoro shahridagi «O‘tror» kichik sanoat zonasi hududida faoliyat yuritayotgan «Iymonaxon Nozima» mas’uliyati cheklangan jamiyatida zamonaviy texnologiyalar asosida sut qayta ishlanib, sifatli mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
Korxona 150 ming AQSH dollari miqdoridagi investitsiya loyihasi asosida tashkil etilgan. Uning yillik ishlab chiqarish quvvati 1,2 milliard so‘mlik mahsulotni tashkil etadi. Bu yerda sut qayta ishlanib, 20 ga yaqin turdagi sut mahsulotlari tayyorlanadi.
[gallery-30698]
Ayni paytda korxonada 7 nafar mahalliy aholi doimiy ish o‘rni bilan ta’minlangan.
Bugungi kunda «Iymonaxon Nozima» MCHJ Buxoro viloyatidagi sanoat korxonalari orasida sifatli mahsulot ishlab chiqarishi, barqaror faoliyati hamda hududning iqtisodiy va eksport salohiyatini yuksaltirishga qo‘shayotgan hissasi bilan ajralib turadi.
Tohir ISTATOV(surat),O‘zA