Zamonaviy leksikada neologizmlar tahlili
Fozilbek Yo‘ldoshevich HAMRAEV o‘qituvchi Qarshi davlat universiteti Qarshi, O‘zbekiston Xamrayev-fozil@mail.ru
Annotatsiya
Maqola hozirgi o‘zbek tilidagi neologizmlarni o‘rganishga qaratilgan. Unda neologizmlarning til taraqqiyotidagi o‘rni haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, o‘zbek tiliga ijtimoiy tarmoqlar orqali kirib kelgan bir qancha yangi so‘zlar mavzuviy guruhlarga ajratilgan holda tahlil qilingan.
Tayanch so‘zlar: neologizm, o‘zlashma so‘z, leksika, so‘z o‘zlashishi, tilning boyishi.