Zamonaviy hisoblagichlar: qulay va xavfsiz
Buxoro viloyati Buxoro tumanidagi aholi xonadonlariga “aqlli” hisoblagichlar bosqichma-bosqich o‘rnatilmoqda.
Tumanning “Rabotak”, “Sheyxon”, “Ko‘chkumar” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududida bu boradagi ishlar yakuniga yetkazildi. Umumiy hisobda tumandagi jami 9 mingga yaqin xonadon hisoblagich bilan ta’minlandi
“Buxorotumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari hisoblagichlarni o‘rnatish barobarida undan oqilona foydalanish, qarzdorlik to‘lovini vaqtida amalga oshirish lozimligi, muhimi, to‘lov haqidagi SMS xabarlariga e’tibor bilan yondashish zarurligi to‘g‘risida tushuntirish ishlarini ham olib bormoqda.
– Bunday imkoniyatdan, ya’ni “aqlli” hisoblagichlar o‘rnatilayotganidan aholi mamnun, – deydi “Mustaqillik” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Ra’no O‘rinova, – Hisoblagichni o‘rnatishdan bosh tortayotganlar yo‘q, barcha xursand, ayniqsa, xavfsizlikning ta’minlanishi ularga zo‘r imkoniyat bo‘ldi.
Viloyatning barcha hududlarida hisoblagichlarni o‘rnatish jarayonlari davom etmoqda.
Zarif Komilov, Tohir Istatov (surat), O‘zA