Yuzlab kilometr ichki yo‘llar ta’mirlandi
Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan tuzilgan Respublika ishchi guruhi o‘z faoliyatini Andijon viloyatida davom ettirmoqda.
O‘tgan davr mobaynida hududda aholi uchun dolzarb bo‘lib turgan muammolarni hal etish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, yo‘l, kommunikatsiya tarmoqlari, infratuzilma holatini yaxshilash maqsadida ichki yo‘llarning jami 260,8 km. qismi ta’mirlandi. Shundan, 173,7 km. yo‘lga shag‘al (shu jumladan, 12 ta og‘ir mahallada 73,6 km.) yotqizildi, 5,7 km. yo‘l betonlashtirildi, 81,4 km. yo‘l asfalt qilindi.
Aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini yaxshilash maqsadida 13,6 km. ichimlik suvi tarmog‘i tortildi, 3 ta tik quduq (skvajina) qayta tozalandi, 1 dona suv minorasi o‘rnatildi, 38 ta suv nasosi ta’mirlanib qayta o‘rnatildi va 12 ta suv nasosi yangilandi.

Aholiga qo‘shimcha 5 649 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. 16 985 ta aholi xonadonidagi gaz jihozlari texnik ko‘rigi tashkil etildi, 262 ta gaz taqsimlash punktida mukammal ta’mirlash va diagnostika ishlari amalga oshirildi, 173 ta yangi gaz ballon yetkazib berildi, 29,6 km. gaz quvurlari havo bosimi ostida tozalandi va sinovdan o‘tkazildi, 32,8 km. gaz quvurlari tartibga keltirildi.
Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 126 ta transformator punkti mukammal ta’mirlandi, 361,7 km. elektr uzatish tarmoqlari joriy ta’mirlandi, 22,6 km. yangi elektr uzatish tarmoqlari tortildi, 136 km. elektr uzatish tarmoqlari daraxt shoxlaridan tozalandi va 60 ta temir-beton ustun o‘rnatildi.

Viloyatda o‘tkazilgan tibbiy ko‘riklar natijasida 201 618 nafar fuqaro qamrab olindi, 70 116 nafar fuqaroda turli kasalliklar aniqlangan bo‘lib, 1 254 nafari (20 nafari Respublika va 1 234 nafari viloyat, shahar, tuman miqyosidagi) shifoxonalarga yotqizildi va 69 094 nafar fuqaroga ambulator sharoitda davolanish yuzasidan tavsiyalar berildi. Oilaviy poliklinikalarda 156 178 nafar bemorga bepul dori-darmon tarqatildi.

M.Qosimova, O‘zA