Yusupova Feruza Zoyirovnaning falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Yoshlarda axloqiy tafakkurni rivojlantirishda idealning konstruktiv ahamiyati” mavzusida
Yusupova Feruza Zoyirovnaning “Yoshlarda axloqiy tafakkurni rivojlantirishda idealning konstruktiv ahamiyati” mavzusidagi 09.00.02-Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (Etika) ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya himoyasi Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.F.02.02 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil 2 noyabr kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 140104, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15
Tel/faks: (99866) 239-13-87; (99866) 239-11-40.
e-mail: rektor@samdu.uz