Yurtimizni yashillikka burkaymiz!
Navoiy viloyatida ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Yashil belbog‘”lar yaratish bo‘yicha ommaviy ko‘chat ekish aksiyasi amalga oshirilmoqda.
Karmana tumanida tashkil etilgan markazlashgan videoselektor ko‘rinishidagi ko‘rgazmali aksiyada viloyat hokimi Normat Tursunov ishtirok etib, daraxtlar ekilishiga start berdi va ilk ko‘chatlarni yerga qadadi.

Mana bir necha yildirki, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yurtimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilmoqda. Natijada daraxt va buta ko‘chatlari ekish, bog‘lar barpo etish, yashil maydonlarni kengaytirish, sanoat hududlarini ihotazorlashtirish respublikamizda ommaviy harakatga aylandi.

Aksiyada aholi hamda barcha tashkilot va korxonalar xodimlari faol ishtirok etib, “Yashil makon” loyihasini amalga oshirishda o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Joriy yil bahor mavsumida viloyatda magistral avtomobil yo‘llari, tuman-shahar ichki yo‘llari va yo‘l yoqalari, qishloq xo‘jaligi yerlari, fermer xo‘jaliklari, ijtimoiy soha ob’ektlari, korxona va xizmat ko‘rsatish tarmoqlari, obodonlashtirish boshqarmasiga qarashli hududlar va mahallalarga qariyb 8 million 842 ming dona mevali va manzarali daraxt hamda butalar ekish rejalashtirilgan.
A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri