Yurtimizga Pfizer/BioNTech vaksinasining navbatdagi partiyasi olib kelindi
Bugun mamlakatimizga COVAX dasturi doirasida 1 million 999 ming 530 doza Pfizer/BioNTech vaksinasi keltirildi.
Shunday qilib, O‘zbekistonda foydalanilayotgan vaksinalar miqdori 61 million 268 ming 553 dozaga yetdi.
Ulardan 2 404 480 dozasi AstraZeneca;
41 996 268 dozasi ZF-UZ-VAC2001;
1 341 790 dozasi "Sputnik V";
8 580 460 dozasi Moderna;
4 626 180 dozasi Pfizer/BioNTech;
1 976 000 dozasi Sinovac;
343 375 dozasi Sputnik Light vaksinasidir.
Shundan 46,9 million dozadan ortiq vaksina emlash jarayonlarida qo‘llanildi.
Hozirda mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi 14 million 275 ming 449 doza vaksina zaxirasi mavjud.
O‘zA