Yurgen Klopp Germaniya terma jamoasi bilan shartnomani kelishib oldi
Manbaning ma'lum qilishicha, Klopp va uning tijoriy hamkorlariga tegishli shartnomaning yakuniy tafsilotlari JCh-2026 finalidan so'ng yozma ravishda rasmiylashtiriladi.
Germaniyalik mutaxassis Yurgen Klopp Germaniya milliy terma jamoasini boshqaradigan bo'ldi. Shartnoma 2030-yilgi jahon chempionatiga qadar mo'ljallangan. Germaniya futbol ittifoqi (DFB) va Klopp 2025-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan "Red Bull" kompaniyasi mehnat shartnomasini bekor qilish bo'yicha prinsipial kelishuvga erishdilar. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg ijtimoiy tarmoqdagi o'zining X sahifasida xabar bermoqda.
Manbaning ma'lum qilishicha, Klopp va uning tijoriy hamkorlariga tegishli shartnomaning yakuniy tafsilotlari JCh-2026 finalidan so'ng yozma ravishda rasmiylashtiriladi. 59 yoshli mutaxassis juma kuni, 24-iyulda Frankfurtda shartnoma imzolashi rejalashtirilgan. Aynan o'sha kuni rasmiy e'lon va matbuot anjumani bo'lib o'tishi kerak.
Klopp 2025-yildan buyon "Red Bull" kompaniyasida xalqaro aloqalar bo'yicha direktor lavozimida ishlab kelmoqda. Uning kompaniya bilan shartnomasi 2029-yil oxirigacha tuzilgan edi. "Red Bull"dagi faoliyatidan avval mutaxassis 2015-yildan 2024-yilgacha Angliyaning "Liverpul" klubini boshqargan.