Yunusov Maxmudxon Asatullayevichning tarix fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Samarqand viloyati yodgorliklarida arxeologik tadqiqotlarning olib borilishi va ularni muzeylashtirish tamoyillari (XIX asr ikkinchi yarmi – XXI asr boshlari)” mavzusidaP
Yunusov Maxmudxon Asatullayevichning “Samarqand viloyati yodgorliklarida arxeologik tadqiqotlarning olib borilishi va ularni muzeylashtirish tamoyillari (XIX asr ikkinchi yarmi – XXI asr boshlari)” mavzusidagi 07.00.01 – “O‘zbekiston tarixi”, 17.00.06 – “Muzeyshunoslik. Tarixiy-madaniy ob’ektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash” ixtisosliklari bo‘yicha tarix fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasining himoyasi O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.05/2025.27.12.Tar.07.01 raqamli Ilmiy kengash asosida fan doktori (DSc) ilmiy darajasini beruvchi bir martalik Ilmiy kengashning 2026-yil 6-noyabr kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100029, Toshkent shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 3-uy, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, Kichik majlislar zali.
Tel: (99871) 239-10-83; faks: (99871) 239-44-25.
e-mail: info-historymuseum@academy.uz