Yun Sok Yolga hukm chiqarildi
Janubiy Koreya sudi 2024 yil dekabrida qisqa muddatli harbiy holat joriy etgan sobiq Prezident Yun Sok Yolni odil sudlovga to‘sqinlik qilishda ayblab, besh yilga ozodlikdan mahrum qildi, deb xabar bergan “Yonhap”axborot agentligi.
Sud qaroriga ko‘ra, ayblanuvchi 2025 yil yanvarda hibsga olish jarayoniga xalaqit bergan. Prokurorlar avvalroq ayni ayblov bo‘yicha 10 yillik qamoq jazosini so‘ragan edi.
G.Sattorova, O‘zA