Yozyovon tumani iqtisodiy yuksaliş yölida
Sönggi yillar islohotlaridagi muhim jihat – örta va quyi böğin rahbarlariga xorijiy kompaniya va hudud yetakçilari bilan töğridan - töğri aloqalar örnatiş, hamkorlik şartnomalari imzolaş, qöşma korxonalar taşkil etiş huquqi berilgani böldi. Natijada ilgari iqtisodiy zaif, sanoati rivojlanmagan tumanlar ham bugun peşqadamlar safidan örin olmoqda.
Farğona viloyati Yozyovon tumani hokimi boşçiligidagi tadbirkorlar delegatsiyasi bir haftadan buyon Xitoyda işçi safarida. Olingan xabarlarga köra, sanoat, qişloq xöjaligi, savdo-logistika sohalarida bir neça ön million dollarlik kelişuvlar imzolandi. Jumladan, delegatsiya aʼzolari Xitoy Xalq Respublikasining «Hebei Xubao Garment Co., Ltd.» korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanişdilar.
Mazkur korxona tajribasi va texnologiyalarini Yozyovon tumanida tatbiq etiş, bolalar kiyim-keçaklari işlab çiqarişga ixtisoslaşgan yangi loyihani amalga oşiriş yuzasidan atrofliça fikr almaşildi. Muzokaralar yakunida tomonlar uşbu yönalişda özaro manfaatli hamkorlikni yölga qöyiş böyiça şartnoma imzoladilar.
Delegatsiya aʼzolari Xintay şahri, Ningjin tumani, Fingxuang şaharçasida joylaşgan «Jinglian Kabel» MÇJ korxonasida böldilar, işlab çiqariş jarayoni, mavjud işlab çiqariş quvvatlari, zamonaviy texnologiyalar hamda mahsulotlar sifati bilan yaqindan tanişdilar. Muzokaralar natijasida Yozyovon tumanida kabel mahsulotlari işlab çiqarişni yölga qöyiş böyiça özaro kelişuvga erişildi. Uşbu korxona Yozyovon tumanida 10 million AQŞ dollariga teng loyihani amalga oşiriş istagini bildirdi.
Şinjon va Farğona örtasidagi hamkorlik barça sohalarni qamrab olmoqda. Yozyovonliklar Şinjonning Midun tumanida bölib, paxtani çuqur qayta işlaş, xitoy çoyini qadoqlaş, çorva ozuqasi işlab çiqariş kabi qöşma loyihalarni maʼqulladilar. “Longxing Plastic Industry Co., Ltd.” korxonasiga taşrifi doirasida esa istiqbolli investitsiya loyihasini amalga oşiriş böyiça muhim kelişuvga erişildi. Uçraşuv va muzokaralar davomida xitoylik investorlar bilan Yozyovon tumanida plastmassa mahsulotlari işlab çiqarişga ixtisoslaşgan zamonaviy zavod quriş şartnomasi imzolandi.
Ayni çoğda yozyovonlik tadbirkorldar delegatsiyasi Xebey provinsiyasida Yozyovonda quriladigan logistik markaz loyihasi yuzasidan muzokaralar olib borişmoqda.
Muhammadjon Obidov,
ÖzA