Yoshlarimiz Gruziya hukumati vakillari bilan uchrashdi
Xalqaro yoshlar oromgohi doirasida o‘zbekistonlik yoshlar Gruziya ta’lim, fan va yoshlar vaziri o‘rinbosari Baya Kvitsiani hamda Yoshlar agentligi rahbariyati bilan uchrashdi.
Dunyoning turli nuqtalaridan kelgan, tili va madaniyati turlicha, ammo maqsadlari mushtarak bo‘lgan yoshlar bir joyga to‘plansa nima bo‘ladi? Albatta, dunyoni yaxshiroq tomonga o‘zgartira oladigan yangi g‘oyalar va loyihalar tug‘iladi. Mamlakatimiz bugun ana shunday kreativ va intiluvchan yoshlarning global uchrashuv maskaniga — Xalqaro yoshlar oromgohlari markaziga aylanib ulgurdi. Bu yerda yigit-qizlar nafaqat hordiq chiqaradi, balki ekologiya, inklyuziya va innovatsiyalar bo‘yicha kelajak rejalarini tuzadi.

Muloqotda yoshlar siyosatidagi tajriba almashinuvi bilan bir qatorda, ikki davlat yoshlari uchun yangi imkoniyatlar yaratish, qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha yangi takliflar ilgari surildi.

Mutaxassislarning qayd etishicha, endilikda ushbu muloqotlar O‘zbekiston va Gruziya yoshlari o‘rtasida yangi tashabbuslar, qo‘shma loyihalar va tajriba almashinuvi uchun xizmat qiladi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA