Yoshlar va mahalla faollari bilan uchrashuv
Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev Buxoro shahrida bir guruh yoshlar va mahalla fuqarolar yig‘inlarining faollari bilan uchrashdi.
Unda joriy yil 27 oktyabr sanasida o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovining o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek, ilk bor aralash saylov tizimi asosida bo‘lib o‘tadigan saylovning afzalliklari yuzasida so‘z yuritdi va joriy qilingan yangi “E-saylov” axborot tizimining afzalliklari bo‘yicha ham muhim ma’lumotlar taqdim etildi.
[gallery-19186]
Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldi.
Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat),
O‘zA muxbiri.