Yoshlar muammolari o‘rganilmoqda
Sirdaryo viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i, viloyat 4-sektor rahbari Ulug‘bek Hotamov boshchiligidagi ishchi guruh Guliston tumanidagi Ahillik mahallasida bo‘lib, ijtimoiy himoyaga muhtoj, bandligi ta’minlanmagan, xorijdan qaytgan yoshlar muammolarini o‘rgandi.
Shu mahallada yashovchi, xorijda ishlab, qishlog‘iga qaytgan Anorqul Husanboyevning muammolari tinglandi va unga amaliy yordam ko‘rsatildi.U
chorvachilik yo‘nalishida o‘z faoliyatini boshladi, tikuvchilik yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatmoqchi bo‘lgan Soraxon Nazirqulovaga esa tikuv mashinasi olib berildi.

—Ular kabi muqim ish joyiga ega bo‘lmagan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, ana shunday yoshlar bilan uchrashib, imkon qadar muammosini hal qilishga harakat qilyapmiz,—deydi sektor rahbari. —Yoshlarning jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga baholu qudrat ko‘maklashyapmiz.
Guliston tumanida viloyat 4-sektor rahbari boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan yoshlar va ularning muammolarini o‘rganish ishlari davom etyapti.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri