Yoshlar kasb-hunar egallamoqda
FOTOREPORTAJ
Namangan shahridagi Kasbiy ko‘nikmalar markazi, ya’ni avvalgi “Monomarkaz” joriy yil yanvar oyidan Prezidentimizning tegishli Farmon hamda qarorlari ijrosi doirasida Namangan shahar 3-texnikumiga aylantirilgan.
[gallery-29136]
Bugungi kunda texnikumda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tomonidan hududiy bandlik bo‘limlari buyurtmasiga asosan vaucher asosida 14 ta yo‘nalishda qisqa muddatli kurslar tashkil qilingan. Ayni vaqtda bu yerda kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan 200 nafar tinlovchi mahorat oshirmoqda. Texnikumda dual ta’lim ham yo‘lga qo‘yilgan.
Ta’kidlash joiz, texnikum 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab maktablarning 9- hamda va 11-sinf bitiruvchilarini qamrab oladi. Buning uchun 8 ta zamonaviy kasb-hunar yo‘nalishida sharoit yaratilgan. Ulardan 3 tasi dual ta’limga ixtisoslashgan.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA