Yoshlar kasb-hunar egallamoqda
Nukus ijtimoiy-iqtisodiyot kollejida yoshlar kasb-hunarga oid bilim va ko‘nikmani puxta egallashi uchun barcha sharoit yaratilgan.
Nukus ijtimoiy-iqtisodiyot kollejida yoshlar kasb-hunarga oid bilim va ko‘nikmani puxta egallashi uchun barcha sharoit yaratilgan.Kollejda 560 nafar o‘quvchi mehmonxona va restoran xizmati menejeri, moliyaviy masalalar bo‘yicha kichik mutaxassis, bank ishi mutaxassisi, buxgalter, ijtimoiy muhofaza qilish huquqshunosi, komputer injinering texnigi yo‘nalishida saboq olmoqda.
Bu yerda o‘quv jarayonini ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, nazariya va amaliyotni uyg‘unlikda olib borish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.