Yosh tennischilar bahslashdi
Nukus shahrida tennis bo‘yicha 14 yoshdan yuqori bo‘lgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Unda 75 nafar sportchi 12 jamoa tarkibida bahs olib bordi.

Mustaqilligimizning yigirma olti yilligi arafasida yosh iste’dodlarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilgan musobaqaning o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahsida Qoraqalpog‘iston Respublikasi yengil atletika va o‘yin turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi tarbiyalanuvchilari Q.Nurliboyev, A.Odilboyev, A. Xo‘janiyozov, N.Obitov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Qizlar o‘rtasida Nukus shahridagi 1-bolalar va o‘smirlar sport maktabidan T.Duysenboyeva, Sh.Ibrohimova, B. Allabergenova va U. Sultamuratova peshqadamlik qildi.