Yosh tadbirkor faoliyatini kengaytirish niyatida
FOTOREPORTAJ
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumani “Madaniyat” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Zamira O‘rozboyeva yosh tadbirkorlardan. U tikuvchilikka bo‘lgan qiziqishini yanada rivojlantirish maqsadida bankdan 100 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit olib, zamonaviy tikuvchilik sexini tashkil etgan.
Bu tashabbus tadbirkorning shaxsiy faoliyatini kengaytirish bilan birga, mahallada kichik biznesni rivojlantirishga ham xizmat qilmoqda. Hozirgi kunda Zamira O‘rozboyeva tomonidan tashkil etilgan tikuvchilik sexida ikki nafar xotin-qiz doimiy ish bilan band. Ular buyurtmalar asosida ayollar kiyimi va zamonaviy pardalar tikish bilan shug‘ullanadi.
[gallery-28553]
Kelgusida ishlab chiqarish hajmini yanada kengaytirish va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan. Bunday tashabbuslar hududda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash va iqtisodiy faollikni oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA