Yosh shaxmatchilarimiz Qirg‘izistonda
Bugun, 1-iyul kuni Qirg‘izistonning Issiqko‘l shahrida “Central and North Asian Chess Championship 2026” musobaqasi boshlandi.
Mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasining 87 nafar turli yosh toifasidagi shaxmatchilari g‘oliblik yo‘lida dona surmoqda.
Joriy yilgi Markaziy va Shimoliy Osiyo shaxmat chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi qatorida 6 ta davlatning iqtidorli shaxmatchilari 7 ta o‘g‘il va 7 ta qiz bolalar yosh toifalarida bahs olib bormoqda.
Bugun kun davomida chempionat dasturiga muvofiq, 7 ta tur o‘yinlari o‘tkaziladi. Musobaqalar 9-iyulga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA