Yosh shaxmatchilarimiz jahon chempionatida qatnashmoqda
Misrda shaxmat bo‘yicha 8, 10 va 12 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida navbatdagi jahon chempionati bahslari boshlandi. 66 davlatning 500 nafardan ziyod iqtidorli yosh shaxmatchilari qatnashayotgan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasining 14 nafar a’zosi yurtimiz sharafini himoya qilmoqda.
Kecha o‘tkazilgan dastlabki tur bahslarida terma jamoamiz a’zolaridan Feruzbek Sobirov, Javohir Bozorov, Husnoraxon Husnitdinova va Sevinch Davlatova raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, Abdurahmon Rajabov va Oriyat Obidjonov durangga erishdi.



Uchta yosh toifasida o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasidagi jahon chempionati musobaqalari 27 oktyabrga qadar davom etadi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA