Yosh qutqaruvchilar Samarqandda bellashmoqda
FOTOREPORTAJ
Samarqand shahrida umumiy o‘rta ta’lim maktablari va kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari o‘rtasida “Yosh qutqaruvchi” musobaqasining respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
Musobaqada hududiy saralash bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar ishtirok etmoqda. Ular favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish, qutqaruv ishlarini amalga oshirish va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazmoqda.
[gallery-29768]
Bellashuvlar beshta shart — yong‘in o‘chirish estafetasi, dor yo‘lidan o‘tib chodir tiklash, balandlikka arqon yordamida ko‘tarilish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish hamda sohaga oid savol-javoblar asosida tashkil etilgan.
Ishtirokchilar har bir shartda jismoniy tayyorgarligi, tezkor fikrlashi, jamoaviy hamjihatligi va amaliy ko‘nikmalarini namoyon etmoqda.
Alisher ISROILOV (surat), O‘zA