Yosh “qaldirgʻochlar”dan navbatdagi gʻalaba
Oʻzbekiston superligasi 4-turi doirasidagi bugungi oʻyinlar oʻz nihoyasiga yetdi.
Oʻzbekiston superligasi 4-turi doirasidagi bugungi oʻyinlar oʻz nihoyasiga yetdi.
Kunning ikkinchi oʻyini Olmaliq shahrida oʻtkazilib, unda “Bunyodkor” jamoasi mezbon sifatida “Andijon”ni qabul qildi.
Sogʻligi bilan bogʻliq muammo tufayli “Bunyodkor”ning eng tajribali oʻyinchilaridan biri Lutfullo Toʻrayev mavsum boshida jamoadoshlariga yordam berolmagandi. Nihoyat bugun u maydonga qaytdi.
Toʻrayevning qaytishi yosh “qaldirgʻochlar”ga qoʻl keldi va poytaxt jamoasi uchrashuvni 1-0 hisobida oʻz foydasiga hal qildi. “Bunyodkor”ga gʻalaba keltirgan toʻp muallifi 17 yoshli Jasur Jaloliddinov boʻldi.

Taʼkidlash joiz, Jasur 3-turda “Navbahor” darvozasini ham ishgʻol qilgan va yakunda “qaldirgʻochlar” muhim gʻalabaga erishgandi. Jaloliddinov bu safar ham “Bunyodkor” uch ochko taqdim etgan gol muallifiga aylandi.
Ushbu gʻalabadan keyin Vadim Abramov shogirdlari oʻz ochkolari sonini 9taga yetkazgan holda turnir jadvalida 6-pogʻonaga koʻtarilib oldi.
Oʻzbekiston superligasining 4-tur oʻyinlari ertaga yakunlanadi. Yakshanba kuni futbol muxlislari “Lokomotiv” – AGMK, “Surxon” – “Paxtakor” hamda “Qoʻqon-1912” – “Buxoro” uchrashuviga guvoh boʻlishadi.
