Yosh kikbokschilar orasida eng kuchlilar saralandi
Surxondaryo viloyati Termiz shahrida kikboksing bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada 7 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazdi.
Mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan yosh kikbokschilar ishtirok etgan chempionat yakunlariga ko‘ra, Toshkent shahri kikboksingchilari umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi. Andijon va Toshkent viloyati jamoalari esa 2-3 o‘rindan joy oldi.
Yilning eng muhim musobaqalaridan biri bo‘lgan ushbu chempionatda yosh kikbokschilar kuchli janglar namoyish etdi va o‘z mahoratlarini yana bir bor sinovdan o‘tkazdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA