Yosh atletlarimiz bahslashdi
Namangan shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasida kollej talabalari o‘rtasida yengil atletika bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Namangan shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasida kollej talabalari o‘rtasida yengil atletika bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda yengil atletika federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan turnirda mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan 300 nafardan ortiq atlet g‘oliblik uchun bahslashdi.
Musobaqaning turli masofalarga yugurish bahslarida Humoyun Mahmudov, Laziz Habibov, Firdavs Yoqubov, Nodir Mutalipov, Farida Soliyeva, Maryam Tojiboyeva, Kamila Mirsoliyeva, Aziza Mirzaakbarova, Komila Rajabova marra chizig‘iga birinchi bo‘lib yetib keldi.
To‘siqlar osha yugurishda Samandar Nuriddinov 110 va 400 metr masofaga o‘tgan bellashuvlarda g‘olib bo‘ldi. Qizlar o‘rtasida o‘tgan ushbu masofadagi bahslarda Sabina Umarova hamda Kamila Mirsoliyeva shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
Yadro, bosqon, nayza, disk uloqtirishda Islom Toshpo‘latov, G‘olibjon Abduqahhorov, Otabek Hamdamaliyev, Emil Isayev, Veronika Shetinina, Umida Mamajonova, Mohinur Bobojonova hamda Mahliyo Tojialiyevaga teng keladigani topilmadi.
Balandlikka, uzunlikka va uch xatlab sakrashda Diyor Mansurjanov, Behruz Teshayev va Mirjalol Mamatov o‘g‘il bolalar o‘rtasida birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, qizlar bahsida Muqaddam Zaripboyeva, Mashrabxon Yusupova hamda Natalya Gasanova oltin medalni qo‘lga kiritdi.