Yo‘lovchilarni maftun etgan soz sehri (+video)
Bugun, 20 aprel kuni soat 10 lar chamasi Yoshlar ijod saroyi binosi oldidan o‘tib ketayotib, ajoyib manzaraga guvohi bo‘ldik. Saroy binosi oldida bir nafar ustoz va yuzga yaqin shogirdlar doira chertib, bir-biridan diltortar kuylarni chalishardi.
Soz sehri va undagi jonli ravishda chalinayotgan kuylar shu qadar yoqimli ediki, o‘tgan-ketgan yo‘lovchilarni maftun etmay qolmadi. Doiraning ovozini uzoqlardan eshitib kelgan tomoshabin tinglovchilar qo‘llariga uyali telefonlarini olib, jarayonni tasvirga muhrlashga tushib ketishdi.
Doira haqida qisqacha ma’lumot
Doira (childirma, chirmanda, doyra, daff, dapp) — o‘zbek, tojik, uyg‘ur va boshqa sharq xalqlarining cholg‘u asbobi. Doira zarb bilan urib chalinadi. Gardishi o‘rik, yong‘oq yog‘ochidan yasaladi. Gardishi ustidan tashqari tomondan teri bilan qoplanadi. Gardishning ich tomoniga tamburnikiga o‘xshash xalqachalar osiladi. Doira - zarbli cholg‘u asboblar guruhiga kiradi.
Kelib chiqishi tarixi
Doira qadimiy musiqa cholg‘ularidan hisoblanadi. Markaziy Osiyo (Niso shahri, eramizdan avvalgi 2-asr)da topilgan terrakota yodgorliklarida doirachi ayollar tasvirlangan. Doira va unga yaqin urma musiqa cholg‘ulari tojik, arman, ozar, uyg‘urlarda dap, dapp, daff, def deb nomlanadi. 20-asrda o‘zbek doira ijrochilik an’analarini Usta Olim Komilov, T. Inog‘omov, D. Sottixo‘jayev, Rahim Isoxo‘jayev, F. Azimov, Qahramon Dadayev, O. Kamolxo‘jayev, aka-uka Islomovlar, M. Oripov, R. Otaboyev, T. Sayfiddinov, R. Samadov va boshqalar mukammallashtirgan.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/9xelT06scrg" title="Yo‘lovchilarni maftun etgan soz sehri" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>M.Eshmirzayeva,(video) O‘zA