Yo‘llarda harakat xavfsizligi ta’minlanmoqda
FOTOREPORTAJ
Ayni vaqtda respublikamiz bo‘ylab kuzatilayotgan anomal sovuq ob-havo sharoiti avtomobil yo‘llarida ham qator noqulayliklarni keltirib chiqarmoqda.
Namangan viloyatining “4R-214 Namangan-Qozoqovul-Kosonsoy” avtomobil yo‘lida harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida rejali ish tashkil etilgan.
[gallery-10245]
Yo‘llardagi qorni tozalash, muzlamalarni bartaraf etish va transport vositalarining to‘xtovsiz harakatlanishini ta’minlashda yo‘lsozlar g‘ayrat qilmoqda.
Yangi Namangan tumanida ham Avtomobil yo‘llari boshqarmasi tomonidan tezkor tartibda yo‘l qoplamasiga qum-tuz aralashmasi sepish ishlari jadallik bilan amalga oshirilib, transport vositalarining xavfsiz harakatlanishi choralari ko‘rilmoqda.
Tuman ko‘chalarini tozalashga Obodonlashtirish bosh boshqarmasi xodimlari va maxsus texnikalar jalb etilgan. Muzlagan yuzalarni eritish uchun qum va tuz aralashmasi ishlatilmoqda. Tumandagi mahallalarda yo‘ldagi harakat xavfsizligini ta’minlash ishlari raislar boshchiligida amalga oshirilmoqda.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA